Men haqimda

Ismailov Zoxidjon Nurmanovich

Ismailov Zoxidjon Nurmanovich

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Bolalar nevropotologiyasi

Ismailov Zoxidjon Nurmanovich 1982 yil 7 mayda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini, 2010 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — pediatriya (bakalavriat) va bolalar nevropatologiyasi (magistratura).
2020 yilda Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2023 yildan DSc mustaqil izlanuvchi.
U Yevropa bolalar nevrologlari jamiyati (EPNS), Jahon insult tashkiloti (WSO), Yevropa nevrologlar akademiyasi (EAN), AOPMC hamda DUKE Health xalqaro tibbiy hamjamiyatlari a’zosi.
30 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etgan. 2 ta shifokorlar uchun qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta uslubiy tavsiyanoma muallifi. 10 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va tibbiy dasturiy mahsulotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
“PeriNeuro Mobile Application” milliy elektron registri va “PeriRemEx” mobil ilovalari muallifi. “Ildiz” nomli avtobiografik kitob hamda “Farmakopunktura”, “Bolalar tibbiy massaj asoslari” o‘quv qo‘llanmalari muallifi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va qator xalqaro mukofotlar sohibi.
Bugungi kunda respublikaning turli hududlarida, jumladan chekka qishloqlarda bemor bolalarni konsultatsiyadan o‘tkazish, innovatsion davolash usullarini joriy etish hamda shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazish orqali bolalar nevrologiyasi va reabilitatsiya rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.