Ko'p so'raladigan savollar
Agar bolada rivojlanish kechikishi, nutq muammosi, tutqanoq, mushak tonusi o‘zgarishi, yurish buzilishi yoki tez-tez bosh og‘rig‘i kuzatilsa, bolalar nevrologi ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
Autizm belgilari odatda 1,5–3 yosh oralig‘ida sezila boshlaydi. Erta tashxis va erta reabilitatsiya bolaning rivojlanish natijalarini sezilarli yaxshilaydi.
DЦП to‘liq yo‘qolmaydi, ammo to‘g‘ri va tizimli reabilitatsiya orqali bolaning harakat imkoniyatlari va hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.
Imkon qadar erta boshlangan reabilitatsiya eng yuqori samarani beradi. Erta bosqichdagi mashg‘ulotlar asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
Bu Parkinson kasalligida harakat amplitudasini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan mashqlar tizimi bo‘lib, yurish, muvozanat va koordinatsiyani yaxshilaydi.
Individual baholash asosida nutq terapiyasi, sensor integratsiya, nevrologik mashqlar va ota-onalar bilan ishlash tizimi qo‘llaniladi.
Bu kasallik darajasiga bog‘liq. To‘g‘ri reabilitatsiya va funksional trening orqali ko‘plab bolalarda sezilarli natijalarga erishish mumkin.
LSVT BIG, funksional trening, neyrorehabilitatsiya, mushak stabilizatsiyasi mashqlari, gidrorehabilitatsiya va individual mashg‘ulot dasturlari.
Ha. Hududlarga chiqish konsultatsiyalari va mahorat darslari tashkil etiladi.
Telefon, telegram yoki sayt orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
